Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun sog‘ayganlar va bemorlar sonida katta farq bo‘lmadi (infografika)

Bugun sog‘ayganlar va bemorlar sonida katta farq bo‘lmadi (infografika)

Foto: SSV matbuot kotibi

Shu yilning 17-avgust kuni mamlakatimizda 598 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Andijon, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Namangan hamda Xorazm viloyatlarida jami 607 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 35 927 nafar bemordan 31 580 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4 109 nafar bemordan 593 nafari og‘ir, 178 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring