2 ming 528 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligini oldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida fuqarolarning erkin harakatlanish huquqlarini ta’minlash maqsadida propiska va viza berishdagi qiyinchiliklar bartaraf etilganini aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, dunyodagi 39 ta mamlakat fuqarolariga viza berish tartibining soddalashtirilgani, elektron viza tizimi joriy qilingani natijasida yurtimizga bu yil qariyb 4 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi.
Shuningdek, uzoq yillar mamlakatimizda istiqomat qilib, jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan va biz bilan vatandosh bo‘lishni orzu qilgan 2 ming 528 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter