Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zarafshonda oshpaz o‘zi ishlaydigan kafeni tunadi

Zarafshonda oshpaz o‘zi ishlaydigan kafeni tunadi

Joriy yilning 2- oktyabr kuni Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yashovchi S.A. IIBga murojaat qilib, shu yil 1-oktyabr kuni noma’lum shaxs u ishlaydigan «Sug‘diyona» kafesidagi mijozlarga xizmat ko‘rsatiladigan stolning tortmasidan 2 mln. 430 ming so‘m pulini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Zarafshon shahrida yashovchi ushbu kafe oshpazi Sh.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring