YPX inspektoriga pora taklif qilgan haydovchi niyatiga yetmadi
2021-yil 23-yanvar kuni Samarqand shahrining Mirzo-Ulug‘bek va B.I. yo‘li ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi X.B. boshqaruvida bo‘lgan «VAZ-2103» rusumli avtomashina yo‘l harakati qoidalarining 41 va 7-bandi talablarini buzib kelayotganligi sababli YPX inspektori tomonidan tegishli tartibda to‘xtatilgan. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Shundan so‘ng haydovchi inspektorga avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berishi evaziga 600.000 ming so‘m miqdoridagi pulni pora tariqasida taklif qilgan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, YPX inspektori ushbu holat yuzasidan bildirgi orqali viloyat IIB boshlig‘i nomiga murojaat qilgan.
Mazkur bildirgiga asosan, IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi hamda Samarqand shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. YPX inspektoriga 600.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter