YPX inspektori haydovchidan 1 million so‘m olayotganda qo‘lga tushdi

Voqelik Surxondaryoda yuz berdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur mahkama huzuridagi departemantga tayanib «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Surxondaryo viloyat IIB YHXB YPX inspektori B.X. fuqaro P.J.dan avtomashinasini jarima maydonchasiga qo‘ymaslik, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va jarima tayinlamaslik evaziga 1 million so‘m talab qiladi.
Shundan so‘ng Departamentning viloyat boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazib, ta’magir inspektorni ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olgan.
Ayni paytda YPX inspektori B.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter