Yo‘l patrul xizmati inspektorini urib ketishdi
Yo‘l patrul xizmati inspektori xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda avtomobil urib yubordi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qilib o‘tdi.
2019 yil 4 aprel kuni Yashnobod tumani Chilon ota ko‘chasida yashovchi F.Yu. «Spark» rusumli avtomashinasini «TXAY-Do‘rmon» ko‘chalari chorrahasida haydab ketayotib, shu chorrahada vujudga kelgan avtomashinalar tirbandligini bartaraf etayotgan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakat xavfsizlik boshqarmasi xodimini urib yuborgan.
Natijada xodim tan jarohati bilan IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter