Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘lda sodir bo‘lgan ayanchli voqea bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — Bosh prokuratura

Yangiyo‘lda sodir bo‘lgan ayanchli voqea bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — Bosh prokuratura

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Shu yilning 30 noyabr kuni ertalab Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi xonadonlardan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida yong‘in kelib chiqqani, buning oqibatida xonadon boshlig‘i va uning bir nafar voyaga yetmagan farzandi vafot etib, oila bekasi va yana bir voyaga yetmagan farzandi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgani xabari berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tuzilgan tergov-tezkor guruhining dastlabki xulosasiga ko‘ra, yong‘in (to‘g‘rirog‘i, portlash) yer ostidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuridan sizib chiqqan gaz to‘planib, havo aralashmasi bilan qo‘shilib, yorug‘lik natijasida sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi (qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a», «b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring