Yana ikki nafar sudya lavozimidan ozod qilindi
Odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun ikki nafar sudya lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining raisi Baxtiyor Tavakkalov hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining raisi Kamoliddin Xolmuxamedovning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, lavozimidan ozod qilingan.
To‘rt nafar sudya o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olingani haqida bugun xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter