Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XTB hisobchisi qanday qilib 623 mln. so‘mni talon-toroj qildi?

XTB hisobchisi qanday qilib 623 mln. so‘mni talon-toroj qildi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman xalq ta’limi bo‘limi bosh hisobchisi J.M. va boshqalar O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga zid ravishda haqiqiy bahosi 3,3 mln. so‘m bo‘lgan kompyuter to‘plamlarining hujjatlarini soxtalashtirgan holda qimmat narxlarda hisoblab, jami 375 ta kompyuter to‘plamlarini xarid qilishib, 623,7 mln. so‘m budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring