Xorazmlik 21 yoshli yigit qo‘shni ayolga yordam bergani chiqib, odam o‘ldirib qo‘ydi

2019-yil 1-iyul kuni soat 01:30larda Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida yashovchi 41 yoshli D.R. ismli ayol uyida yordam so‘rab baqirganida qo‘shnisi, 21 yoshli M.R. yordamga chiqqan va uyi oldidan mahalladoshi 44 yoshli Sh.M. yugurib ketayotganligini ko‘rib, uning ortidan quvgan va oyog‘i bilan chalib yiqitib, boshiga tepgan.
Natijada Sh.M. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.R. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter