Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xazorasplik fuqaroga 23 million so‘mlik qarzni «yopishtirishdi»

Xazorasplik fuqaroga 23 million so‘mlik qarzni «yopishtirishdi»

Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida yashovchi fuqaro K.Sultanovaning xonadoniga tuman elektr ta’minoti korxonasi sobiq xodimlari I.Djumaniyazov va U.Sapayevlar tomonidan asossiz ravishda dalolatnomaga asosan hisoblangan 23 241 880 so‘m qarzdorlik yozilgan. Fuqaro bu bo‘yicha O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoniga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.

Mazkur murojaat tuman jamiyati mutaxassislari va tuman elektr ta’minoti korxonasi ishtirokida o‘rganib chiqilib, to‘plagan ma’lumotlar asosida sudga da’vo arizasi kiritildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xozarasp tumani sudi da’vo ishini atroflicha o‘rganib chiqib, iste’molchi K.Sultanovaning xonadoniga nisbatan dalolatnomagan asosan 23 241 880 so‘m g‘ayriqonuniy deb topildi va javobgar Xazorasp tuman elektr ta’minoti korxonasidan davlat foydasiga 405 460 so‘m davlat boji o‘ndirilishi kiritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring