Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xatirchi hokimining birinchi o‘rinbosari sud qilinadi

Xatirchi hokimining birinchi o‘rinbosari sud qilinadi

Xatirchi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Vohid Avlonov lavozimidan chetlatilib, uning ishi sudga oshirildi.

Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Vohid Avlonov 2021 yil 25 noyabrdan lavozimidan chetlatilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Xatirchi tumani hokimining birinchi o‘rinbosarini ayblash haqidagi jinoyat ishi (Jinoyat kodeksining 205 va 209-moddalar) 30 noyabr kuni ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilgan.

Bundan anglashiladiki, u hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish hamda mansab soxtakorligida ayblanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring