Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro qidiruvdagi jinoyatchining «yo‘rig‘ida yurgan» sinfdoshlar qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruvdagi jinoyatchining «yo‘rig‘ida yurgan» sinfdoshlar qo‘lga olindi

Foto: IIV

Huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Olmazor va Shayxontoxur tumanlarida istiqomat qiluvchi respublikamizda faoliyati taqiqlangan «Hizb ut-Tahrir» ekstremistik tashkiloti a’zolari ushlandi.

Qayd etilishicha, ushbu jinoiy guruhning faol a’zosi bo‘lgan «I.A» 10 nafardan ortiq sinfdoshlarini «Telegram» ilovasida tashkil qilgan «Choyxona» va «Iymonlashaylik» nomli virtual guruhlarga qo‘shib, taqiqlangan materiallarni tarqatib kelgan. Shuningdek, «I.A.» yaqinlari va ko‘plab tanishlarini «tahrirchilar» safiga a’zo bo‘lishga da’vat qilib, internet orqali ekstremistik mazmundagi audio va video materiallarni tarqatib kelgan.

O‘z navbatida guruh a’zolari mazkur materiallar bilan tanishib, «Hizb ut-Tahrir» DET faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelishgan.

Mazkur jinoiy guruhning faoliyati ayni paytda Polshada yashirinib kelayotgan «Hizb ut-Tahrir» DETning g‘oyaviy yetakchilaridan biri bo‘lgan, O‘zbekistondagi va xorijdagi vatandoshlarimizni radikallashuviga hamda jinoyatchiga aylanib qolishlariga sababchi bo‘layotgan «Mahmud Abdulmo‘min» taxallusli 1980 yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, mazkur davlat fuqarosi va sodir etgan jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich tomonidan boshqarilgan.

«Mahmud Abdulmo‘min»

Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring