Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlikning mas’ul lavozimli xodimi qo‘lga olindi

Vazirlikning mas’ul lavozimli xodimi qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Respublika vazirliklaridan birida mas’ul lavozimda ishlovchi mansabdor shaxs muqaddam Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimining o‘rinbosari lavozimida ishlagan davrida xizmat vakolatini suiiste’mol qilib, Xo‘jakent MFYdan mahalliy tadbirkorga 30 sotix yer maydoni ajratilishi uchun tuman hokimining tegishli qarorini chiqartirib berib, evaziga undan 35 ming AQSh dollari olgan.

Lekin, keyinroq nazorat organlari tomonidan tumanda o‘tkazilgan xatlov natijasida hokimning yerga egalik huquqini beruvchi ushbu qarori bekor qilingan.

DXX, prokuratura va departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs muqaddam olgan pulidan 8900 AQSh dollarini qaytarib bergan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring