Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir gapning indallosini aytdi: «Huquqini talab qilgan fuqaro hamma amaldorgayam yoqavermaydi...»

Vazir gapning indallosini aytdi: «Huquqini talab qilgan fuqaro hamma amaldorgayam yoqavermaydi...»

Bugun Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida Adliya vaziri Ruslan Davletov O‘zbekistonda 2019-yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Gap boshidayoq «Davlatning manfaati nimada?» deya ko‘ndalang savol qo‘yigan vazir unga «Aholida yuqori huquqiy madaniyat shakllanishida!» deb javob berdi. Chunki, aholining huquqiy madaniyatini shakllantirmay turib, qonunga itoatkorlik, tartib, intizom, tinchlik, osoyishtalikni ta’minlab bo‘lmaydi. O‘z huquqini biladigan, qonunlarni tushunadigan shaxs majburiyatini ham teran anglaydi, shu sabab uning talabi  yuqoriroq, so‘zi  o‘tkirroq,  qadami ham dadilroq bo‘ladi.

Gap orasida vazir «zako‘nchi» fuqarolar ayrim davlat organlariga, ayrim mansabdorlar yoqmasligini ham qistirib o‘tgan. Huquqini talab qilib, amaldorni tanqid qilgan, hisobdorlikka chaqirib, audio yoki videoga olib,  ommaga e’lon qilgan odam hotirja-am ishini qilib yurgan amaldorlarga yoqarmidi?! Albatta, yo‘q.

Biroq Prezidentimizning eng asosiy talabi shundayki, davlat organlari xalq uchun ishlasin, bu g‘oya har qanday mansabdorning kundalik ish uslubiga aylansin. Ya’ni, davlat aholining huquqiy ongini oshirishga harakat qilar ekan, o‘zi ham shu talablarga qarab o‘zgarishi, o‘z faoliyatini yaxshilashi , bugunning talabiga doim tayyor turishi kerak.

Xo‘p, bugungi kunda jamiyatimizda huquqiy ong shakllanishi qanday? Chakkimas, deydi, Ruslan Davletov, huquqiy madaniyat sezilarli oshyapti, deyishga to‘liq haqqimiz bor. Biroq bu borada qilinadigan ishlar ham oz emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring