Urgutdagi qotillik uchun sud hukmi o‘qildi
Samarqand viloyati Urgut tumanida 26 yoshli Sardor B. tanishi 50 yoshli Olim O‘. bilan janjallashib qolib, uni mix bilan o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida ushbu shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasining (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan aybdor deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter