Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganch shahri sobiq hokimi 3 yilga «kesildi»

Urganch shahri sobiq hokimi 3 yilga «kesildi»

2023 yil 4 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudida sudlanuvchi Sh. A. (1967 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, 2018-2020 yillar mobaynida Urganch shahar hokimi lavozimida ishlagan) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra Sh. A. Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi «a» bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yilga muayyan huquqdan, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Xorazm viloyat sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring