Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch xotiniga aliment to‘lamagan erkakka qamoq jazosi tayinlandi

Uch xotiniga aliment to‘lamagan erkakka qamoq jazosi tayinlandi

Ayrim otalar farzandlari borligini ham unutib, qanday bo‘lmasin aliment to‘lamaslik payiga tushishmoqda. Vaholanki, qonunchiligimizda bularning barchasi huquqiy tartibga solingan.

G.Baratova baxtli bo‘lish orzusida yakkabog‘lik Ya.Mahsumovga turmushga chiqqandi. Ammo afsuski, turmush o‘rtog‘i o‘zi xohlaganidek bo‘lib chiqmadi, unga nisbatan ko‘p ruhiy va jismoniy tazyiqlar o‘tkazdi. Shunga ham chidab kelayotgan bechora ayolni uydan quvib haydadi.

Afsuski, Ya.Mahsumovga G.Baratovadan keyin turmushga chiqqan yana 2 nafar qizning ham taqdiri xuddi shunday bo‘ldi. Hozirda u 4-marotaba uylangan. 4 marotaba uylanishga pul topgan erkak, 3 nafar sobiq xotiniga aliment to‘lashga pul topolmadi.

Yakkabog‘ tumanida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga asosan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan Ya.Mahsumov va u kabi yana 15 nafar qarzdor otalarning ma’muriy javobgarlik ishlari ko‘rib chiqildi. Ularning 14 nafari, shu jumladan, Ya.Mahsumovga ham ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsa, 2 nafar qarzdor o‘z oilasi bilan yarashganligi tufayli ma’muriy ish yurituvi tugatildi.

Agar qarzdorlar ma’muriy javobgarlikdan keyin ham aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa, ularga nisbatan jinoiy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring