Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshshahartransxizmat» AJ raisi bilan birga yana uch mansabdor qamoqqa olindi — DXX

«Toshshahartransxizmat» AJ raisi bilan birga yana uch mansabdor qamoqqa olindi — DXX

Foto: «Xabar.uz»

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan transport sohasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, «Toshshahartransxizmat» AJ tizimida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Xususan, «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi D.A., bosh muhandisi A.A. hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlari T.D. va I.B.lar o‘zaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazishgan.

Hozirda holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan «Toshshahartransxizmat» AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, AJ raisi va bosh muhandisi hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlariga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Avvalroq «Toshshahartrans» rahbari qamoqqa olingani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring