Toshkentlik ayol oddiy toshlarni 15 ming dollarga sotib oldi
Toshkentda oddiy toshlarni aldov yo‘li bilan katta narxga pullayotgan firibgarlar qo‘lga olindi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, ikki nafar firibgar 43 yoshli Ma’mura G.ga 2 dona brilliant xarid qilishni taklif etishgan. Brilliant sifatida esa hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan ikkita qora tosh ko‘rsatilgan. Oldi-sotdi vaqtida jabrlanuvchidan 15 ming AQSh dollari olayotganda ular Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining xulosasiga ko‘ra, toshlar qimmatbaho hisoblanmaydi va hech qanday qiymatga ega emas.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-modasi 4-qismi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter