Toshkentda terrorchilik tashkiloti a’zolari qo‘lga olindi
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Tavhid va jihod katibati» («TJK», O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan terroristik deb topilib, mamlakatimiz hududida uning faoliyati taqiqlangan) nomli terrorchilik tashkilotining bir guruh a’zolari ushlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Ular Toshkent shahri hududida jamoaviy yig‘inlarni o‘tkazib, kelgusida Suriya hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilik tashkilotlarining safiga qo‘shilishni rejalashtirib kelgan.
Aniqlangan «Tavhid va jihod katibati» tarafdorlarining soni 30 nafarga yaqin bo‘lib, yoshlardan iborat ekanligi, ularning ayrimlari Andijon, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan Toshkent shahriga ishlash maqsadida kelganliklari ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter