Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda telefonlar sindirildi, dollar yoqib yuborildi

Toshkentda telefonlar sindirildi, dollar yoqib yuborildi

Sud hujjatlari bilan ashyoviy dadil deb topilgan buyumlar, diniy-ekstremistik mazmundagi materiallar, respublikamiz noqonuniy tarzda olib kelingan hamda muomalaga kiritishga mo‘ljallangan tovar-moddiy boyliklar tegishli tartibda yo‘q qilinadi.

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Yangihayot tumanida joylashgan «Clean med servise gr» MChJ omborxonasida noqonuniy tarzda olib kelingan tovar-moddiy boyliklarni yo‘q qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi  va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar jalb etildi.

Tadbir davomida jami, 150 ta ijro hujjatlari bo‘yicha qariyb 1,5 mlrd. so‘mlik 32.630 dona tovar moddiy boyliklar va daliliy ashyolar sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi organlari bilan kelishilgan usullarda yaroqsiz holatga keltirilib, yo‘q qilindi.

Yo‘q qilingan tovar moddiy boyliklarning aksariyati, kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari (Tropikamed, Zardeks, Regopen va boshqalar), diniy-ekstremistik mazmundagi materiallar saqlanayotgan uyali aloqa telefon apparatlari (IPHONE, SAMSUNG, RED MI va boshqalar), dori vositalari va tibbiyot buyumlari, qalbaki AQSh dollari, shuningdek, sud qarori va ekspertiza xulosasiga ko‘ra bevosita iste’mol (foydalanish) uchun yaroqsiz deb tan olingan boshqa tovarlarni o‘z ichiga oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring