Toshkentda qizining sha’nini pullamoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Toshkent shahri, Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga 46 yoshli fuqaro Shavkat U., ariza bilan murojaat qiladi.
U o‘z arizasida qayd etishicha, 45 yoshli Zulfiya A. qizi Madina R. bilan uning o‘g‘li Doston U. o‘rtasidagi sir saqlanishi lozim bo‘lgan munosabatlarni oshkor qilmasligi evaziga 600 AQSh dollar pul talab qiladi. Ayol 480 AQSh dollar va 1 050 000 so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olsa-da, so‘ng yana 500 AQSh dollar berishini talab qiladi.
2021 yilning 15 mart kuni soat 13:00 larda Chilonzor tumani Chilonzor metro bekati oldida Zulfiya A. qizi Madina R. bilan ushbu pullarni Shavkat U.dan olayotgan vaqtlarida IIB xodimlari tomonidan ushlanadi.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Zulfiya A. va Madina R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter