Toshkentda pedofil 16 yilga qamaldi
Yetti yoshli bolaga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan shaxs 16 yilga qamaldi.
Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar bermoqda.
Tashkilot Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudida bolaga (2017 yilda tug‘ilgan) nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat (JKning 119-moddasi, 4-qismi) yuzasidan o‘tkazilgan sud protsessida bolaning qonuniy manfaatlari nuqtai nazaridan ishtirok etgan.
Sud mazkur og‘ir jinoyatni har tomonlama, xolisona o‘rgangan ravishda, ishdagi dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchini aybli deb topdi hamda unga amaldagi qonun doirasidagi qat’iy jazo chorasi – 16 yil ozodlikdan mahrum qilish (qattiq tartibdagi koloniyalarda o‘tash) jazosini tayinladi, deyiladi xabarda.
E’tiborlisi, bunday toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm qonuniy kuchga kirganidan so‘ng mahkumga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qo‘llanilmaydi va u jazoni to‘liq o‘taydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter