Toshkentda korxona rahbarlari qo‘lga tushdi
Chilonzor tumanida soxta shartnoma tuzish orqali kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MChJ rahbarlari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «W.C.» MChJ ta’sischisi S.A. «T.W.» MChJ rahbari bilan oldindan til biriktirib, «T.W.» MChJdan aslida mavjud bo‘lmagan 3 dona ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi uskunani xarid qilish to‘g‘risidagi soxta shartnoma tuzishib, ushbu shartnomaga asosan hududiy tijorat banki filialidan 545 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, kredit mablag‘ini «T.W.» MChJ hisob raqamiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Tekshiruv davomida, aniqlangan zararning 200 mln so‘mi undirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter