Toshkentda 2,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan rahbar aniqlandi
Sergeli tumanida 2,5 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «I-A» MChJ rahbari va boshqalar bank filialidan ehtiyot qismlarni sotib olib, savdo faoliyatini kengaytirish uchun ajratilgan 2,5 mlrd so‘m imtiyozli kredit evaziga I.T. MChJ tomonidan ehtiyot qismlar yetkazib berilmagan bo‘lsada, go‘yoki ehtiyot qismlar yetkazib berilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali ushbu kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter