Toshkentda 15 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgan talabaga hukm o‘qildi
Toshkentda 15 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgan yigitga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea o‘tgan yilning kuzida yuz bergan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2023 yil 13 apreldagi hukmi bilan 20 yoshli yigit Sh.X. voyaga yetmagan qiz — 2007 yilda tug‘ilgan D.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoiy harakatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Bundan tashqari unga quyidagi taqiqlar yuklatilgan:
- kafe, bar, restoran va boshqa ko‘ngilochar joylarga bormaslik;
- ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik;
- mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik hamda Toshkent shahri hududidan tashqariga chiqmaslik;
- jabrlanuvchi D.Sh. bilan ko‘rishmaslik va har qanday usulda u bilan suhbatlashmaslik;
- alkogoli ichimliklar iste’mol qilmaslik kabi qo‘shimcha taqiqlar (cheklashlar) yuklatilgan.
Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan keltirilgan protestga asosan ushbu jinoyat ishi Toshkent shahar sudining apellyasiya instatsiyasida ko‘rib chiqilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2023 yil 13 apreldagi hukmi o‘zgartirilgan.
Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya instansiyasi sudlov hay’atining 2023 yil 18 maydagi ajrimi ko‘ra X. Sh. zimmasiga 13 apreldagi sud hukmi hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng nazorat qiluvchi organning ruxsatisiz yashash, ish hamda o‘qish joyini o‘zgartirmaslik, internetdan foydalanilmaslik kabi taqiqlar (cheklashlar) qo‘shimcha ravishda yuklatilgan.
Xabarda keltilishicha, Jinoyat kodeksining 13-moddasi (qonunning vaqt bo‘yicha amal qilishi) ning talabiga ko‘ra Sh.X. ga Jinoyat kodeksining 2023 yil 11 aprelga qadar amalda bo‘lgan 128-moddasi sanksiyasi doirasida jazo tayinlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda yigitning Toshkentdagi nufuzli universitet talabasi ekani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter