Toshkentda 1 yoshli o‘g‘lini 1 000 AQSh dollariga sotayotgan ayol qo‘lga olindi
Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizimga qarshi kurashish boshqarmasi va Bosh Prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi 20 yoshli N.Yo. (ismli ayol) Toshkent shahar Yashnabod tumanida joylashgan «Iltifot» qaxvaxonasida 2017-yil 4-noyabr kuni tug‘ilgan o‘g‘lini 1 000 AQSh dollariga sotib yuborayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter