Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent va Jizzax viloyatlarida 2 mlrd so‘mdan ortiq gaz o‘g‘riligi fosh qilindi

Toshkent va Jizzax viloyatlarida 2 mlrd so‘mdan ortiq gaz o‘g‘riligi fosh qilindi

Toshkent va Jizzax viloyatlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.

Inspeksiyaning Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Parkent tumanida joylashgan «S.S.B.» MChJga qarashli binoning gaz uskunalari hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 999,2 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Boshqa bir holatda esa, inspeksiyaning Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida «G.S.» MChJga qarashli binoning gaz uskunalari hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha montaj qilish orqali ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Buning natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 245 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hozirda ikkala vaziyat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring