Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtta sudya ishdan olindi, yana to‘qqiztasi intizomiy javobgarlikka tortildi

To‘rtta sudya ishdan olindi, yana to‘qqiztasi intizomiy javobgarlikka tortildi

Foto: Xabar.uz

2022-yilning o‘tgan davrida to‘rt nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

Ularning uch nafari o‘z arizasiga ko‘ra, bir nafari sudyalik qasamyodini buzgani sababli lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi. 

Bundan tashqari joriy yilning 4-fevral kuni poytaxt sudlarida faoliyat ko‘rsatayotgan X. Parpiyev (jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining sudyasi), A. Mengliyev (fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi), I. Rajabov, N. Hamidov, O. Gulyamova, O. Ismoilov (Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyalari), I. Sabirov (jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining raisi), Z. Bobonov (jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining raisi ), J. Najimov (jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining sudyasi) mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun intizomiy javobgarlikka tortildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring