To‘rtko‘ldagi vahshiy qotillik fosh etildi
Hafta avval saytimizda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida 79 yashar ayol o‘z xonadonida o‘ldirib ketilgani, uning nabirasi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgani xabari berilgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha holat bo‘yicha To‘rtko‘l tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tergov harakatlari natijasida 29 yashar J. S. qo‘lga olingan. U shu yilning 29-noyabr kuni o‘g‘irlik qilish maqsadida xonadonga kirib, ayolni oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgani hamda pul va 2 dona uyali telefon apparatini olib ketgani aniqlandi. Voqea joyida bo‘lgan marhumaning 22 yashar nabirasi esa olgan jarohatlari sabab kasalxonada vafot etadi.
Ayni paytda sudning ajrimi bilan J. S.ga «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter