Tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etish javobgarlikka sabab bo‘ladi
Tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etish qanday javobgarlikka sabab bo‘ladi? Hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli holatda bo‘lgan shaxsga tibbiyot tashkilotlarida qonunga yoki maxsus qoidalarga muvofiq shoshilinch va (yoki) kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishi kerak bo‘lgan shaxs tomonidan shunday yordam ko‘rsatishni asossiz ravishda rad etish:
- fuqarolarga – 735 ming so‘mdan 1 mln 225 ming so‘mgacha;
- mansabdor shaxslarga – 1 mln 225 ming so‘mdan 2 mln 450 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa:
- fuqarolarga – 1 mln 225 ming so‘mdan 2 mln 450 ming so‘mgacha;
- mansabdor shaxslarga – 2 mln 450 ming so‘mdan 3 mln 675 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter