Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tekshiruv tartibini buzgan ikki mas’ul javobgarlikka tortildi — Biznes-ombudsman

Tekshiruv tartibini buzgan ikki mas’ul javobgarlikka tortildi — Biznes-ombudsman

Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingani ma’lum. Shunga qaramay, ayrim nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv tartibini buzish holatlari uchramoqda.

Biznes-ombudsman matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Toshkent shahar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi xodimlari M.B. va M.S. «HAVAS FOOD» MChJning bino va inshootini o‘simliklar karantini nazoratidan o‘tkazish va fitosanitar holatini tekshirish uchun borgan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart ekanligi, tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanishi belgilangan.

Holat fosh bo‘lgach, mas’ullar qonundan tegishli «nasibasi»ni oldilar. Ya’nikim, Toshkent shahar o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining har ikki xodimi MJtKning (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks) 241-2-moddasida (Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tekshirish tartibini buzish) ko‘zda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ma’muriy jarimaga tortildi.

Pirovardida, Biznes-ombudsman tadbirkorlarga eslatadiki, agar Sizga nisbatan davlat organlari mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy harakat yoki harakatsizlik sodir etilsa, bu haqda 71-239-25-03 yoki 71-202-08-81 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Tortinmang!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring