Taniqli tadbirkorning onasi Prezidentga videomurojaat yo‘lladi (video)
Toshkent shahar Olmazor tumani Jinoiy ishlar bo‘yicha sudida taniqli tadbirkor Jahongir Umarovga nisbatan sud tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda «Uznews.uz».
Jahongir Umarovning 80 yoshdan oshgan onasi Muyassar Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat yo‘llab, o‘g‘liga tuhmat bo‘layotgani va hozirda ketayotgan sud tergovi jarayonida adolat qaror topishida yordam so‘ragan.
Jumladan, Muyassar Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan, mamlakatning tadbirkorlaridan biri bo‘lgan o‘g‘lini o‘z himoyasi ostiga olishini ham so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, Jahongir Umarovga nisbatan Toshkent shahar IIBB tergovchisi J.M. Yakubov tomonidan 2018-yilning 23-yanvar kuni Jinoyat kodeksi 273-moddasining 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter