Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talaba qizining maqolasi uchun do‘pposlangan otaga ish qo‘zg‘atildi. Mahalla raisi aybsiz bo‘lib chiqmoqda

Talaba qizining maqolasi uchun do‘pposlangan otaga ish qo‘zg‘atildi. Mahalla raisi aybsiz bo‘lib chiqmoqda

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda «Maqolam uchun mahalla raisi tahdid qildi, dadamni do‘pposlashdi» sarlavhali xabar tarqalgandi.

Xabarda «Navoiy ziyosi» gazetasida mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati yuzasidan tanqidiy maqola chiqarilganligi sababli Karmana tumani, Bog‘ishamol mahallasi raisi tomonidan muallifga tahdid qilinganligi va boshqa holatlar ko‘rsatilgan.

Mazkur holat Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilayotgani va uning natijalari haqida xabar qilinishi aytilgandi.

Bugun, 8-sentyabr kuni ushbu holat Karmana tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganilgani ma’lum qilindi.

Aniqlanishicha, Karmana tumani «Bog‘ishamol» mahallasi va homiylar tomonidan mazkur mahallada yashovchi S.Ilmurodovaga joriy yilning may-avgust oylarida oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordam puli berilgan.

1999-yilda Nurota tumanida tug‘ilgan, «Jurnalistika» yo‘nalishi 2-bosqich talabasi M.Po‘latova qo‘shnisi S.Ilmurodovadan unga haqiqatdan ham oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordam pullari berilgani, mahalla xodimlari tomonidan fotosuratga tushirilganligi haqida ma’lumot olgan va shu asosda 06.08.2020 yilda «Navoiy ziyosi» gazetasida «Efir uchun qilinayotgan ehsonlar» nomli maqolasi chop etilgan.

«Bog‘ishamol» m.f.y. raisi M.Pardayev, o‘rinbosari H.Abdualimov bilan talaba M.Po‘latova maqolada ko‘rsatgan holatlarga aniqlik kiritish uchun 03.09.2020-yilda S.Ilmurodovaning yashash xonadoniga borib, u bilan suhbatlashayotganida M.Po‘latova va otasi R.Pardayev hamda ushbu mahallada yashovchi fuqaro O.Mamatovalar ham suhbatga qo‘shilishgan.

Fuqaro S.Ilmurodova ko‘rsatilgan moddiy yordamlar uchun hech qanday e’tirozi yo‘qligini ma’lum qilgan. M.Pardayev talaba M.Po‘latovaga maqoladagi holatlarni to‘liq o‘rganmasdan chop etganligini, bunday holatlarga mahallada yashovchi boshqa xolis fuqarolar ishtirokida aniqlik kiritilishi lozimligini ma’lum qilgan.

O‘rganish davomida tumanning mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, talaba M.Po‘latovaning gazetaga maqola chop etganligi uchun «Bog‘ishamol» m.f.y. raisi M.Pardayev unga bosim o‘tkazganligi holati o‘z tasdig‘ini topmagan.

Bundan tashqari, 04.09.2020-yilda M.Po‘latovaning otasi R.Pardayev va yon qo‘shnisi I.Yadgarov, uning o‘g‘li A.Yadgarovlar o‘rtasida maqola yuzasidan kelib chiqqan janjalda ular bir-birlarini urib tan jarohati yetkazgan. Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazilgan.

Natijada 07.09.2020-yilda I.Yadgarov va R.Pardayevlarga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41, 52-moddalari, A.Yadgarovga MJtKning 52-moddasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqishlik uchun tuman ma’muriy sudiga yuborilgan, deyiladi mahkama xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring