Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkor noqonuniy hisoblangan qariyb 200 mln so‘mlik qarzdorlikdan ozod qilindi

Tadbirkor noqonuniy hisoblangan qariyb 200 mln so‘mlik qarzdorlikdan ozod qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi «Milliy taomlar» (nomi o‘zgartirilgan) mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari gaz ta’minoti korxonasi xodimlarining xatti-harakatidan norozi bo‘lib, Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, korxona barcha talablarga asosan faoliyat yuritib, gaz hisoblagichni qonuniy ravishda o‘rnatgan va servis xizmati shartnomasiga ega bo‘lgan. 2024 yil 28 mart kuni «Hududgaz Sirdaryo» gaz ta’minoti filiali xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda dalolatnoma asosida 231 mln so‘m qarzdorlik hisoblangan.

Vakil devoni aralashuvi bilan «O‘zenergoinspeksiya»ning Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan qayta hisob-kitob o‘tkazildi. Natijada, haqiqiy qarzdorlik 33 mln so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. Tadbirkor noqonuniy hisoblangan 200 mln so‘mga yaqin qarzdorlikdan ozod qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring