Tadbirkor ayamay kaltaklandi — rasmiy munosabat
2021-yil 9-avgust kuni soat 16:30 larda Yakkabog‘ tumani Tibbiyot birlashmasi tomonidan tuman IIB navbatchilik qismiga fuqarolar N.K. va T.M. turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari bilan murojaat qilgani ma’lum qilingan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu holat tuman IIB Navbatchilik qismidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021-yil 9-avgust kuni soat 15.00 larda Yakkabog‘ tumanidagi qurilish mollari bozorida yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi N.K. bilan fuqaro T.M. o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolib, janjal vaqtida har ikkalasi ham tan jarohati olganligi aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari Yakkabog‘ tumani IIB tomonidan olib borilmoqda. Tekshiruv yakuni bilan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter