Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda bir guruh shaxslar ushlandi

Surxondaryoda bir guruh shaxslar ushlandi

Foto: Surxondaryo IIB

Respublika Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Termiz shahri va tumanlarida yashovchi bir guruh xalqaro terroristik guruhlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelgan shaxslar aniqlandi, deyiladi Surxondaryo IIB axborot xizmati xabarida.

Ushbu shaxslarning aksariyati Termizdagi bozorlardan birida savdo faoliyati bilan shug‘ullanib, Telegram messenjerida virtual guruh tashkil qilgan holda, terrorchilik tashkilotlari g‘oyalarini targ‘ib qilib, o‘zlarining Turkiya, Suriya va Misrdagi g‘oyadoshlarini moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, plastik karta rasmiylashtirgan hamda yig‘ilgan pul mablag‘larini ko‘rsatilgan hududlarga yuborish bilan shug‘ullanib kelishgan.

Qo‘lga olingan shaxslar orasida Suriyaga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni reja qilganlari ham aniqlangan.

Guruh a’zolarining xonadonlarida o‘tkazilgan tintuvda ekstremistik va terrorchilik mazmunidagi ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring