Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyani haqorat qilgan DSI inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sudyani haqorat qilgan DSI inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «News.yandex.ru»

Urganch shahar ma’muriy sudi sudyasini haqorat qilgan tuman davlat soliq inspeksiyasi (DSI) inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Xabar.uz»ga kelib tushgan mazkur ma’lumotga oydinlik kiritish maqsadida Oliy sud matbuot xizmati bilan bog‘langandik. Oliy mahkama matbuot xizmati rahbari A. Obidov ayni ma’lumotni na tasdiqladi, na rad etdi. Shu barobarida ajib lutf ila tavsiya etdiki, «delo» ochilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotni tergov organidan so‘raysiz, okaginam», deb... Bunga javoban «gap sudyaning sha’ni va qadr-qimmati haqida ketayotgani uchun ham siz bilan bog‘langandik, akasi sochidan?!» deya pachakilashib o‘tirmay surishtiruv davom ettirildi.

Darhaqiqat, voqelik tasdiqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Xorazmdagi tumanlardan birida soliq inspektori vazifasida ishlovchi S. I. viloyat DSB zimmasiga oliy ta’lim muassasasida o‘qishi uchun to‘lanadigan super-kontrakt pullarini to‘lab berish majburiyatini yuklashni so‘rab ma’muriy sudga murojaat qiladi. Uning arizasi asossiz deb topilib, rad etilganidan so‘ng inspektor yuqori bosqich sudiga shikoyat yozib, unda tizimga qo‘shib Urganch shahar ma’muriy sudi sudyasini faoliyati bilan bog‘liq holatda uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, beodoblik bilan qasddan tahqirlaydi.

Buning oqibati shu bo‘ldiki, S. I.ga nisbatan JKning 140-moddasi (haqorat qilish) «ish» qo‘zg‘atilibdi.

Ayni paytda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring