Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalar endi istalgan paytda so‘roqqa chaqirilmaydi

Sudyalar endi istalgan paytda so‘roqqa chaqirilmaydi

Foto:«Sputnik»

Sudyalar endi shunchaki so‘roqqa chaqirilmaydi. Prezidentning imzo chekkani aytilgan «Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  farmonga muvofiq, sudyalar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida so‘roq qilish uchun chaqirishga tegishli malaka hay’atlari roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Shuningdek, odil sudlov bilan bog‘liq faoliyatiga har qanday aralashuvning oldini olish maqsadida quyidagicha tartib ham belgilanmoqda. Unga ko‘ra Sudyalar oliy kengashi raisi sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik holatlari yuzasidan prokuratura organlariga  taqdimnoma kiritadi. Taqdimnoma bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi yoki qo‘zg‘atish rad etilganligi haqida Bosh prokuratura  xabar berishi lozim.

Mazkur farmon bilan Sudyalar oliy kengashi raisi o‘rinbosari lavozimi ham joriy etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladigan kengash raisi o‘rinbosari doimiy asosda asosda faoliyat yuritadi.

Ma’lumki, avval kengash raisi o‘rinbosari Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabiga rahbarlik qilardi. Sudyalar oliy kengashi raisining doimiy asosda ishlovchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilishi munosabati Sudyalar oliy maktabining Ilmiy va axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi tugatilmoqda.

Bundan tashqari Sudyalar oliy kengashining Sudyalar daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha sud inspeksiyasi negizida Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi tuzildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring