Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan, ammo...

Sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan, ammo...

Xabar qilinganidek, bugun O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Sud-huquq sohasidagi islohotlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov OAV va sud hokimiyati hamkorligi xususida ko‘p yaxshi takliflar bildirar ekan, jurnalistlarning tizim faoliyatini yoritishda, ayniqsa, ochiq sud majlislarida (yopiq sud majlislari bundan mustasno) ishtiroki masalasida muammo yo‘qligini yana bir bor ta’kidladi. Sud majlislarida muxbirlarning ish qurollaridan (foto, video uskunalar) foydalanishi, qonunga ko‘ra, raislik etuvchi tomonidan hal etiladi.

Shundan keyin Oliy sud mutasaddisiga yaqinda «Andijanskaya pravda» gazetasi muxbiri Shefiye Imanqulovaning fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlaro sudida o‘tgan ochiq sud majlisiga qo‘yilmagani (sudya N.Qambarov) oid xabar eslatildi. Bunga javoban X.Yodgorov aytdiki, ayni holat bo‘yicha sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlagan, biroq u (sudya) hammasini inkor qilib, muxbir sud majlisiga kelmagani aytmoqda.

Sudyaning inkorini tushunish mumkin. Rost-da, kim ham o‘z aybini tan olibdi, ayniqsa sudyaning xatti-harakati naq Toshkentdan aks-sado berib turganda! Qolaversa, «Xabar.uz»da chiqqan xabar osmondan olib yozilgani yo‘q. Sudyaning muxbirni sud majlisiga qo‘ymagani («men xohlaganimni chaqiraman» deb!) haqida o‘sha paytning o‘zidayoq dalolatnoma qilingan: bezovtalik uchun uzrimiz ham, qo‘limizdagi kuzurimiz ham shu:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring