Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudga kelgan har «delo» «15 sutka» emasdur...

Sudga kelgan har «delo» «15 sutka» emasdur...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud matbuot xizmati joriy yilning aprel oyida MJtKning (ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi) 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish), 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan necha nafar inson javobgarlikka tortilganini e’lon qildi.

Buning natijasida 2 697 nafar shaxsga nisbatan jami 2 488 112 816 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan bo‘lsa, 1 282 nafar shaxsga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Qayd etish kerak, sudga kelgan har «delo» jarima yoki ma’muriy qamoq jazosi tayinlanishi bilan nihoyasiga yetayotgani yo‘q.

O‘tgan oyda «oyog‘i yerga tekkizilmay» sudga keltirilgan 92 nafar shaxs MJtKning 21-moddasi tartibida (huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish) javobgarlikdan ozod etilib, ogohlantirilish bilan qutulgan bo‘lsa, yana 52 nafarining xatti-harakatlarida ma’muriy javobgarlik alomatlari bo‘lmagani sabab ularga nisbatan yuritilgan ishlar tugatilgan.

Ko‘rinadiki, sudlar tomonidan javobgarlikka tortilmay ogohlantirilgan  (92 nafar) va aybsiz deb topilganlar (52) soni oz emas: jami 144 nafar!

Pandemiya sharoitida qayd etilgan huquqbuzarliklarning ahamiyati ma’lum. Shu ma’noda  huquqbuzarlikning «kam ahamiyatliligi» degan me’yor ko‘pda qo‘llanmasligining ehtimoli katta. Demak, 92 nafar fuqaroni ogohlantirish bilan cheklangani sudlarning muruvvati  bilan emas, ochilgan ishlarning quvvati pastligini bilan izohlash to‘g‘riday. Ellik ikki nafar fuqaroning sudda aybsiz deb topilishi esa ayrim ichki ishlar xodimlarining shoshma-shosharlik bilan «delo» qo‘zg‘atganini anglatdi, chog‘i... Zero, qonun bilan «mixlab tashlangan»  ishlar  sudlarda «sinmasligi» tayin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring