Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud talabini 10 qop tanga bilan bajardi

Sud talabini 10 qop tanga bilan bajardi

MIB faoliyatida shunday holatlar uchrab turadi. Zararni tanga ko‘rinishida to‘laydiganlar ham yo‘q emas.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 16.02.2022-yildagi hukmiga asosan qarzdor B.Turdiyevdan undiruvchi A.Saidalimov foydasiga 7 959 600 so‘m jinoiy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 10.03.2022-yil kuni Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur ijro ishi yuzasidan qarzdor fuqaroga Byuroning tuman bo‘limi tomonidan ixtiyoriy 15 kun muddat berilgan bo‘lsada, qarzdor jinoiy zararni o‘z vaqtida to‘lamay kelgani sabab majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari jarayonida salkam 8 mln. miqdoridagi jinoiy zarar  undiruvchi fuqaro foydasiga to‘liq undirib berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring