Bir yilda sud qarorlariga qancha protest kiritildi?
Bugun Senatning yalpi majlisida hisobot bergan Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev sudlarda prokuror vakolatini ta’minlash masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
Unga ko‘ra, hisobot davrida bo‘lib o‘tgan 127 mingta sud majlislarida prokuror ishtiroki ta’minlangan. Yuqori instansiyalarda bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan sud qarorlarining har uchtadan bittasi prokuror protestlari asosida ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, Bosh prokurorning qayd etishicha, 2019 yilda prokuratura tashabbusi bilan 115 ta oqlov hukmi chiqarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter