Sud hukmi ustidan apellyasiya shikoyati berish muddati uzaytiriladi
Sud hukmi ustidan apellyasiya shikoyatlarini berish muddatlari uzaytiriladi. Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Jinoyat-protsessual kodeksida birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan apellyasiya tartibida shikoyat berish muddati 10 kundan 20 kunga, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha apellyasiya shikoyatlarini berish muddatlari 20 kundan 1 oyga qadar uzaytirilmoqda.
Bundan tashqari, apellyasiya tartibida shikoyat berishning o‘tkazib yuborilgan muddatlarini tiklash asoslari kengaytirilmoqda. Xuddi shuningdek, kassatsiya tartibida shikoyat berish muddatlari amaldagi 6 oydan farqli ravishda 1 yil etib belgilanmoqda.
E’tiborlisi, tiklanishi mumkin bo‘lgan muddatga chegara mavjud emas, taraflar har qancha muddat o‘tganidan keyin ham o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida sudga murojaat qilish huquqi saqlanib qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter