Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV ham Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi

SSV ham Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi

Hozirda Toshkent viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori, viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning qamoqqa olinishi masalasi internet tarmog‘ida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 36-moddasiga ko‘ra, tergovchi tergovning yo‘nalishi va tergov harakatlarini yuritishga oid barcha qarorlarni, prokuror ruxsatini olish qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mustaqil ravishda qabul qiladi. 

Mazkur kodeksning 14-moddasiga ko‘ra, odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqil faoliyat yuritib, faqat qonunga bo‘ysunadilar.

Sudyalar va xalq maslahatchilarining odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi yuqoridagi idoralar faoliyatiga aralashishga haqli bo‘lmasa-da, Guljahon Yo‘ldosheva ayol kishi ekanligi hamda qaramog‘ida 6 nafar voyaga yetmagan farzandi borligini inobatga olgan holda, prokuratura idoralaridan boshqa ehtiyot chorasini tanlash masalasini ko‘rib chiqishni so‘raydi, deyiladi SSV munosabatida.

Mavzu doirasida: Buyog‘i nima bo‘ladi: Guljahon Yo‘ldosheva ozodlikka chiqariladimi?

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring