Sportchi Elbek Rahimovni o‘ldirganlar ustidan sud boshlandi
2021-yilning avgust oyida Qarshi shahrida sport ustasi E. Rahimov o‘ldirib ketilgan edi.
Bugun, 6-yanvar kuni, Qashqadaryo viloyat sudida sudlanuvchilar T. Aliyev va boshqalar (jami 26 shaxs) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud boshlandi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu jinoyat ishi Qashqadaryo viloyat sudi sudyasi F.Yusupov raisligida ko‘rilmoqda.
Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 97, 28,104, 104, 105, 109, 127, 28,137, 137, 169, 210, 28,211, 230, 238, 241-1, 28,277 va 277 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Sud jarayoni davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter