Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq xotinlaridan qochib yurgan shaxs poytaxtdagi savdo markazidan topildi

Sobiq xotinlaridan qochib yurgan shaxs poytaxtdagi savdo markazidan topildi

Voyaga yetmagan farzandlari ta’minotidan bo‘yin tovlab, 3 nafar sobiq xotinidan qochib yurgan qarzdor fuqaro Toshkent shahridagi savdo markazi kuzatuv kamerasi orqali topildi.

Fuqaro R.B. Chust tumanida yashaydi. 2014 yilda turmush o‘rtog‘i G.Ch. bilan ajrashib ketadi. Sudning qaroriga ko‘ra, undiruvchi foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment to‘lash belgilanadi. Biroq, qarzdor farzandi uchun ta’minotni bo‘yin olmaydi. Ishsizlikni ro‘kach qilib, turli bahonalar orqali aliment to‘lamay keladi. Unga nisbatan chetga chiqish huquqlari cheklanadi.

Toshkent shahriga ishlashga borib, shu orada umuman kelmay qo‘yadi. Borgan sari aliment qarzdorligi ortib boradi va yashirinib yurishiga to‘g‘ri keladi.

Davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi. Qarzdorga doir barcha ma’lumotlar ichki ishlar organlariga taqdim etiladi.  Yaqinda olingan ma’lumotlar ish berib, u Toshkent shahridagi  savdo markazida yurgani ma’lum bo‘ladi. Kuzatuv kamerlari holatni aniqlashtirib, qarzdor hech qayerga qocha olmay qoladi.

Ma’lum bo‘lishicha, qarzdorning zimmasiga sobiq 3 nafar xotinlariga alimentdan majburiyat bo‘lgan, ya’ni G.Ch. foydasiga 87.989.540.so‘m, A.A. foydasiga 78.827.480 so‘m, Yu.U. foydasiga 18.278.832 so‘m, jami 185.095.852 so‘m qarzdorlik vujudga kelgan.

Toshkent shahridan olib kelinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. O‘tkazilgan sud jarayonida unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring