Sirdaryoda paxta hosilini pullab yuborganlarga jinoyat ishi ochildi

Departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan tumandagi «A.A» fermer xo‘jaligiga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Tekshiruvda mazkur fermer xo‘jaligi rahbari A. va boshqalar fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 6,0 gektar yerdagi ochilgan paxta hosilini terib olib, paxta tolasini chigitdan ajratib, tayyor bo‘lgan xom-ashyoni fuqaro M.A va boshqalarga 13,8 mln. so‘mga sotib yuborib, davlat mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan «A.A» fermer xo‘jaligi rahbari A. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter