Sirdaryoda fermer xo‘jaligi rahbari qo‘lga tushdi
Xovos tumanida ijaraga berilgan yer maydonini 38 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «X.A.» fermer xo‘jaligi rahbari Z.T. xo‘jalikka ijara shartnomasiga asosan Xovos tumani hududidan uzoq muddatga ajratilgan 15 gektar yaylov yer maydonini fuqaro O‘.ga firibgarlik yo‘li bilan 38 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter